Xitoy va Nepal mutaxassislari Everestning balandligini o‘lchashdi
Olam
−
08 dekabr 2020
9571Xitoy va Nepal mutaxassislari dunyodagi eng baland tog‘ - Everestning yangi o‘lchamini aniqladi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar bermoqda.
Avvalgi hisob-kitobga ko‘ra, tog‘ning balandligi 8 ming 848 metrni tashkil etgan.
Yangi hisob-kitoblar esa Everestning balandligi 8 ming 848,86 metr ekanini ko‘rsatgan. Tog‘ Beidou milliy navigatsiya tizimi yordamida o‘lchangan.
Bundan oldin, 2015 yilda sodir bo‘lgan bir qator dahshatli zilzilalar tufayli Everest pasaygan bo‘lishi mumkin, degan taxminlar bo‘lgan.
Yangi natijani aniqlash maqsadida 2019 yilda nepallik geodezistlar Everestga ko‘tarilgan bo‘lsa, 2020 yilda xitoylik mutaxassislar unga yo‘l olishgan.
LiveBarchasi