Xitoy va AQSH 6G internetga egalik uchun musobaqa boshladi

Texnologiya

image

2018 yilda AQSH, 2019 yilda Xitoy va boshqa bir necha davlatlarda mobil aloqaning beshinchi avlodi (5G) ishga tushirilgandi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmaganiga qaramay, texnologik rivojlangan davlatlar, 6-avlod tezligi bilan ta’minlashni boshlashga tayyorlanyapti. “Bloomberg”ning yozishicha, bu borada ikki asosiy raqobatchi bor – AQSH va Xitoy.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH va Xitoyning bir necha kompaniyalari 6G`ni ishlab chiqishning yakuniy bosqichiga keldi. 6G tarmoq tezligini patentlaydiganlar kelajakdagi sanoat inqilobida g‘olib bo‘lishi mumkin. Foydalanishga bir necha yillardan so‘ng topshirilsada, 5G`ning eng yuqori tezligidan 100 marta tez ma’lumot almashish imkonini beruvchi 6G uzoq vaqt davomida ilmiy fantastika bo‘lgan texnologiyalarni, real vaqtda gologrammalardan tortib, havodagi taksilarni vujudga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yana bir eng qo‘rqinchli taxmin – inson tanasi va miyasining internetga ulanishidir.

Quyida texnologik ilg‘or davlatlarning 6G loyihasi borishi haqida ma’lumot keltiramiz:

Xitoy: 2018 yilda izlanishlar boshlandi, taxminan 2029 yilgacha foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda;

AQSH: izlanishlar 2018 yilda boshlandi, Federal aloqa xizmati sinov rejimida yuqori to‘lqinli tebranishlarni uzata boshladi, 2020 yil oktyabrda Google, Apple va AT&T kompaniyalari Next G alyansiga asos solishdi;

Janubiy Koreya: 2019 yilda izlanishlar boshlandi, 2026 yilda 6G`ga start bermoqchi. Mamlakatda LG, Samsung va SK Technologies 6G uchun birga ishlashmoqda, 2021 yilda amalga oshiriladigan ishlar uchun 11,7 milliard dollar ajratilgan;

Yaponiya: izlanishlar 2020 yilda boshlandi, 2030 yilda yakunlash rejalashtirilgan.

Mish-mishlarga ko‘ra, 6G internet maksimal ishlaganda 1 million Mb/s tezlikda axborot uzatadi. Ba’zi davlatlar uchun bu orzu bo‘lib qolishi ham mumkin, sababi ylar 5G uskunalarini sotib olish uchun byudjetdan mablag‘ ajratmagan, 6G bilan ham huddi shunday bo‘lish ehtimoli katta.

Hidoyatxon Atabayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing