Xitoy O‘zbekistondan qaysi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqda?

Jamiyat

image

Bugungi kunda xorijiy mamlakatlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, shu jumladan, meva-sabzavotlarni chetga eksport qilishda hech qanday cheklovlar va to‘siqlar mavjud emas. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ibrohim Ergashev ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Rossiyaga Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali tranzit tarzida yuk olib o‘tishda ham cheklov va o‘zgarishlar yo‘q. Faqatgina yuk mashinasi haydovchilarini chegara maskanlarida tana harorati o‘lchanib, o‘tkazilmoqa. 

“Qozog‘istondan 9 turdagi meva-sabzavotlarni tashqariga eksport qilmaslik bo‘yicha cheklov kiritilgan. Bular jumlasiga un, grechka,  o‘simlik yog‘i, shakar, kartoshka, sabzi, piyoz, karam va rediska kabi 9 xil mahsulotlar kiritildi. Bu cheklov, O‘zbekistondan Rossiyaga yoki Xitoyga tranzit bo‘lib o‘tayotgan yuklarga aloqasi yo‘q”, deydi Ibrohim Ergashev.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyga avvalgidek 13 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti, ya’ni gilos, qovun, anor, mayiz, o‘rik qoqisi, yeryong‘oq, mosh, yong‘oq mag‘izi, shirin va achchiq o‘rik mag‘izi, uzum danagi, yangi uzilgan achchiq qalampir va kunjut mahsulotlarini eksport qilish mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Qirg‘izistonning Irkeshtom va Turgart hamda Qozog‘istonning Xorgos va Alashankou postlari orqali temir yo‘l va   avtotransportlarda tranzit sifatida olib o‘tilishiga ruxsat olingan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing