Xitoy Ukrainaga qurol berilayotganini tanqid qildi
Olam
−
19 may 2022
12660Qurol yetkazib berish Ukrainaga tinchlik keltira olmaydi va sanksiyalar Yevropadagi xavfsizlik muammosini hal qilmaydi. Bu haqda bugun, 19 may kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I BRICS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) Tashqi ishlar vazirlarining videokonferensiya orqali yig‘ilishidagi murojaatida ma’lum qildi. Murojaat Xitoy TIV saytida e’lon qilindi.
“Qurol yetkazib berishni Ukrainadagi tinchlikka almashtirib bo‘lmaydi, sanksiyalar va bosim esa Yevropadagi xavfsizlik dilemmasini hal qila olmaydi”, deydi u.
Van Iga ko‘ra, Xitoy Rossiya va Ukraina qiyinchiliklarni yengib, muzokaralarni davom ettirishiga umid qiladi va kutadi.
“Ukrainadagi inqiroz hozirda jahon savdosining normal rivojlanishiga va ishlab chiqarish zanjirlarining barqarorligiga putur yetkazdi, bu esa global oziq-ovqat, energetika hamda moliyaviy xavfsizlikka tahdid solmoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.
LiveBarchasi