Xitoy Tojikistonda maxsus baza quradi

Olam

image

Xitoy rasmiylari Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati Vaxan darasidagi Pomir tog‘larida maxsus baza qurishni rejalashtirmoqda. Baza Tojikiston Ichki ishlar vazirligining maxsus kuchlari uchun tashkil qilinadi. Bu haqda TACC xabar berdi

Qayd etish kerakki, baza Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati Vaxan darasidagi Pomir tog‘larida — Afg‘onistonning Badaxshon viloyati va XXRning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan chegaradosh hududda joylashadi. Qurilish ishlari yakunlangach, baza Tojikiston Ichki ishlar vazirligiga o‘tkaziladi.

Ma’lum bo‘lishicha, baza qurilishi Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha qiymati 9,4 million dollarga baholanmoqda. 

Mazkur baza qurilishi vaqtida Xitoydan Tojikistonga olib kelingan barcha jihozlar soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbinga ko‘ra, hozirda Markaziy Osiyo davlatlarining hech birida Xitoyning harbiy bazasi yo‘q. 

“Sizga ishonch bilan ayta olamanki, Xitoyning Markaziy Osiyoda hech qanday harbiy bazasi yo‘q”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

481

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing