Xitoy “Tolibon” bilan Afg‘onistondan neft qazib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Olam

image

Tolibon hukumati Xitoy firmasi bilan Afg‘oniston shimolida neft qazib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Bu Tolibon Afg‘oniston ustidan nazoratni qo‘lga kiritganidan keyin energiya qazib olish bo‘yicha xorijiy firma bilan tuzilgan birinchi yirik kelishuv bo‘ladi. 25 yil muddatga imzolangan shartnoma Xitoyning mintaqadagi iqtisodiy ishtirokini ta’minlaydi.

Tolibon matbuot kotibi Zabihulloh Mujohidga ko‘ra, kelishuvda Shinjon Markaziy Osiyo neft va gaz kompaniyasi Amudaryo havzasidan neft qazib olishi ko‘zda tutilgan.

“Amudaryo neft shartnomasi Xitoy va Afg‘oniston o‘rtasidagi muhim loyihadir”, deydi Xitoyning Afg‘onistondagi elchisi Van Yu poytaxt Qobulda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Shartnomaga ko‘ra, Xitoy firmasi yiliga 150 million dollargacha sarmoya kiritadi, bu esa uch yil ichida 540 million dollargacha oshadi. 

“Loyiha 3000 afg‘onga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi ish o‘rinlarini taqdim etadi”, deyiladi xabarda.

Xitoy firmasi, shuningdek, Afg‘oniston sharqidagi mis konining ishlashi yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Hozirda Afg‘onistonning tabiiy resurslari, jumladan, tabiiy gaz, mis va foydali qazilmalar – qiymati 1 trillion dollardan oshiqroq ekanligi taxmin qilinmoqda.

Biroq bu zaxiralarning katta qismi mamlakatda o‘nlab yillar davom etgan notinchlik tufayli foydalanilmay qolgan.

Pekin Afg‘oniston-Tolibon ma’muriyatini rasman tan olmagan bo‘lsada, Xitoyning “Bir kamar va yo‘l” loyihasi doirasida ushbu mamlakat muhim ahamiyatga ega.

Ma’lumot uchun, 2013 yilda Si Szinpin tomonidan ishga tushirilgan “Bir kamar va yo‘l” loyihasi rivojlanayotgan mamlakatlarga portlar, yo‘llar va ko‘priklar kabi infratuzilmani qurish uchun mablag‘ ajratadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing