Xitoy Tayvan uchun urush boshlashi mumkin
Olam
−
03 avgust 2022
20471Xitoy Tayvan bilan tinch yo‘l bilan qo‘shilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi, ammo harbiy harakatlarni istisno etmaydi. Bu ayirmachilik kayfiyatini jilovlash uchun zarur, ayni paytda Pekin yadro qurolidan foydalanmoqchi emas. Xitoy tashqi ishlar vazirligining qurolsizlanish departamenti rahbari Fu Song AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga kelganiga shunday munosabat bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy vaziyatni harbiy jihatdan “tartibga solish” imkoniyatini rad etmayapti, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Sababi shundaki, biz ayirmachilik salohiyatini haddan oshib ketmasligi uchun tiyib turishimiz kerak. Biz mamlakatni tinch yo‘l bilan birlashtirish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Biz harbiy yo‘l bilan yechim topish imkoniyatidan voz kechmasligimizning sababi shundaki, ayirmachilik potensiali judayam chuqrlashib ketmasligi uchun tiyib turishimiz kerak”, degan Fu Song.
Uning ta’kidlashicha, muammoni yadro qurolini qo‘llagan holda hal qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmaydi.
“Ammo Xitoy qanday qarshi choralar ko‘rishi borasida biz kutishimiz kerak. Ishonchim komilki, AQSHga qarshi kuchli qarshi choralar ko‘riladi”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Shu bilan birga, Fu Song AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining tashrifi uchun javobgarlik Vashington zimmasida ekanini qo‘shimcha qilgan.
“Bu juda yomon voqea. Tayvan masalasi Xitoy uchun muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini o‘z ichiga oladi. Pelosining Tayvanga suqilib kirishi Xitoyning hududiy yaxlitligi va suverenitetini oyoq osti qilishning yangi namunasidir”, deydi diplomat.
Nensi Pelosi kecha, 2 avgust kuni kechqurun Taypeyning Sonshan aeroportiga yetib keldi, bu AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikerining 1997 yildan beri orolga qilgan ilk safari bo‘ldi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi siyosatchining tashrifiga keskin norozilik bildirdi va uni qoraladi. Uning safari “Yagona Xitoy” tamoyili va uchta Xitoy-AQSH kommyunikelari qoidalarini jiddiy ravishda buzadi. Pekin, shuningdek, Vashingtonni Xitoyni nazorat qilish uchun Tayvandan foydalanishni to‘xtatishga chaqirdi. Bundan tashqari, diplomatik departament mamlakat suverenitetini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishiga ishontirdi.
Oq uyning fikricha, Pelosining Tayvanga tashrifi Xitoy suverenitetini buzmagan, AQSH ma’muriyati esa “o‘zini qo‘rqitishga yo‘l qo‘ymasligiga” ishontirgan. Amerika rasmiylari mintaqada keskinlikning kuchayishiga hech qanday sabab yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Kreml Pelosining safarini mintaqadagi keskinlikni kuchaytiruvchi provokatsiya deb atadi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov dunyoning barcha davlatlari buni qayd etayotganiga e’tibor qaratdi va Rossiyaning Xitoy bilan birdamligini qayd etdi.
Xitoy harbiylari Pelosi tashrifidan keyin shay holatga keltirildi. Armiya Tayvan atrofidagi bir nechta nuqtada harbiy mashg‘ulotlar boshladi.
LiveBarchasi