Xitoy Rossiyaning tarafini olib chiqdi

Olam

image

Rossiiya Katta yigirmalik guruhining (G20) muhim a’zosi bo‘lib, ushbu formatda ishtirok etuvchi mamlakatlarning hech biri boshqa bir davlatni undan chiqarib tashlashga haqli emas. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin so‘z ochdi.

"G20 xalqaro iqtisodiy hamkorlik uchun muhim platformadir. Rossiya uning muhim a’zosi. Ishtirokchilarning hech biri boshqalarni bu maqomdan mahrum qilishga haqli emas", deydi TIV rahbari. 

Van Venbin jahon iqtisodiyoti ayni damda pandemiyaning salbiy oqibatlaridan qutulishning muhim bosqichida ekani, shu sababli G20 davlatlariga iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun alohida mas’uliyat yuklanishini urg‘ulagan. 

Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning g‘arbiy ittifoqchilari Rossiya Ukrainaga hujum qilganidan keyin yirik iqtisodiyotga ega yigirmalik guruhida (G20)  qolishini muhokama qilayotgani haqida xabar berilgandi.

AQSH Prezidenti Jo Baydenning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Amerika Rossiyani G20 a’zoligidan chiqarib yuborish haqidagi biron bir bayonot berishdan oldin ittifoqchi va hamkorlar bilan maslahatlashish niyatida ekanligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing