Xitoy Mudofaa vaziri avgust oyida Rossiya va Belarusga boradi
Olam
−
14 avgust 2023
3896Xitoy Mudofaa vaziri Li Shanfu joriy yilning 14-19 avgust kunlari Rossiya va Belarusga boradi. Bu haqda Xitoy Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, tashrif Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va uning belaruslik mavqedoshi Viktor Xrenin taklifiga binoan tashkil etiladi.
Rejaga ko‘ra, Li Shanfu Rossiyada XI Moskva xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etadi. Belarusda esa u harbiylar va hukumat vakillari bilan uchrashadi, shuningdek, harbiy qismlarga tashrif buyuradi.
Ma’lumot uchun, shu oyda Rossiya va Xitoy Alyaska qirg‘oqlarida qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida ham Xitoy Mudofaa vaziri Rossiyaga kelgan, safar doirasida Prezident Vladimir Putin bilan ham uchrashgandi.
LiveBarchasi