Xitoy maxfiy yadroviy sinovlar o‘tkazdi – AQSH razvedkasi

Olam

image

Xitoy yangi avlod yadroviy qurolini ishlab chiqmoqda so‘nggi yillarda kamida bitta maxfiy sinov o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda bugun, 21 fevral kuni AQSH razvedka xizmatiga tayanib, CNN xabar berdi.

Telekanal suhbatdoshlariga ko‘ra, Pekin nafaqat o‘z yadroviy arsenalini modernizatsiya qilmoqda, balki 1996 yilda joriy etilgan xalqaro yadroviy sinovlar moratoriysini buzgan bo‘lishi ham mumkin. Xususan, 2020 yil iyun oyida yashirin sinov o‘tkazilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Qayd etilishicha, Xitoyning yadroviy qurollanishni rivojlantirishga qaratilgan sarmoyalari Rossiya va AQSH bilan sifat jihatidan tenglikka erishishga qaratilgan. Mutaxassislar fikricha, bu Xitoyga hozircha yetakchi yadroviy davlatlardan birortasida mavjud bo‘lmagan texnik imkoniyatlarni berishi mumkin.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, ishlanmalar yo‘nalishlari orasida bir nechta jangovor qismlarga ega raketalar yaratish, qurol turlarini kengaytirish, shuningdek, mamlakat avval ishlab chiqarmagan kam quvvatli taktik yadroviy qurol ishlab chiqish ham bor.

Manbalarga ko‘ra, bunday qurol Xitoy hududiga yaqin joylashgan nishonlarga qarshi qo‘llash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Jumladan, AQSHning Tayvanni qo‘llab-quvvatlashiga javob choralari ssenariysi ham ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq so‘nggi besh yilda Xitoy yadro suvosti kemalarini AQSHdan tezroq ishlab chiqara boshlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy yadroviy qurol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing