Xitoy koronavirus haqida JSSTga ma’lumot berishga shoshilmagan – OAV
Olam
−
03 iyun 2020
6347Epidemiya boshlanishida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoydan koronavirus haqida ma’lumot olishda qiyinchiliklarga duch keldi, bu JSST noroziligini keltirib chiqardi. Bu haqda ichki hujjatlar, elektron xabarlar va intervyularga tayanib, “Associated Press” xabar bermoqda.
Agentlikning xabar berishicha, bir necha davlat laboratoriyalari shifrdan chiqarilganidan so‘ng, Xitoy hukumati bir haftadan ko‘proq vaqt davomida koronavirusning genomiga oid ma’lumot bermagan. Virus haqidagi xabar Xitoy laboratoriyasi 11 yanvar kuni virusologiya veb-saytida e’lon qilganidan keyingina rasmiylar tomonidan tarqatilgan. "Bundan keyin ham, Xitoy ikki hafta davomida JSSTga bemorlar va infeksiya holatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishga shoshilmadi", deb xabar bermoqda agentlik yanvar oyida JSST xodimlarining uchrashuvlari yozuvlariga tayanib.
Yozuvlardan ko‘rinib turibdiki, JSST xodimlari Xitoy hukumatini ulardan ko‘proq ma’lumot olishlari uchun ochiqchasiga maqtashgan. Agentlikning ta’kidlashicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus haqida batafsil ma’lumot ololmagan, chunki Xitoy faqat minimal talabni ta’minlagan.
Yanvar oyining ikkinchi haftasida JSSTning Sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan, hamkasblariga 2002 yilda SARS epidemiyasi takrorlanishidan qo‘rqib, Xitoyga ko‘proq bosim o‘tkazish vaqti kelganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi