Xitoy kompaniyasi uchar mashinasini namoyish qildi
Texnologiya
−
25 may 2022
11249Xitoyning Xpeng elektromobil ishlab chiqaruvchisi X2 uchar avtomobilini namoyish qildi. Mashinada parvozni intellektual boshqarish va avtonom harakatlanish imkoniyati mavjud.
X2 – bu ikki o‘rindiqli elektr uchish va qo‘nish imkoni bor (eVTOL) uchar mashinasi.
Xitoy kompaniyasi, shuningdek, yo‘lda harakatlana oladigan, osmonda uchadigan hamda yerda yurish tizimini harakat davomida parvozga osonlik bilan almashtira oladigan oltinchi avlod uchar mashinasi ustida ishlamoqda.
XPeng'ning ushbu modelni 2024 yilda ommaviy ishlab chiqarishga qo‘yishni maqsad qilgan.
Qayd etish kerakki, dunyo bo‘ylab uchar avtomobillarga sarmoya kiritayotgan kompaniyalar soni ortib bormoqda.
Sevinch To‘xtaboyeva
LiveBarchasi