Xitoy “kattalari” Tayvan mustaqilligiga qarshi qarorni ma’qulladi

Olam

image

Xitoy Kommunistik partyasi nizomiga “Tayvan mustaqilligiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi norma”ni kiritildi. Ushbu qaror bugun, 22 oktyabrda o‘tkazilgan Xitoy Kommunistik partiyasining XX qurultoyi delegatlari tomonidan ma’qullandi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.

“Bir mamlakat – ikki tizim” siyosatini har tomonlama, aniq va so‘zsiz amalga oshiring, “Tayvan mustaqilligi” uchun kurashuvchi buzg‘unchi kuchlarni qat’iy bostiring va jilovlang”, deyiladi hujjatda.

Armiyadagi o‘zgarishlar

Nizomdagi o‘zgarishlarga ko‘ra, XKP harbiy sohada, mamlakat armiyasini dunyodagi eng kuchli armiyalardan biriga aylantirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, qo‘shinni fan va texnika yutuqlariga erishgan hamda yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni maqsad qilib qo‘ygan.

Shuningdek, “barqaror tinchlik, umumiy xavfsizlik, ochiqlik va birdamlik hukm suradigan tizimni barpo etish” zarurligi qayd etilgan.

XKPning amaldagi nizomi 1982 yilda qabul qilingan. Ushbu hujjatga oxirgi marta 2017 yilda bo‘lib o‘tgan XKPning XIX qurultoyida XXR raisi Si Szinpinning sotsializm haqidagi qarashlariga doir o‘zgartirish kiritilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 16-22 oktyabr kunlari Pekinda Xitoy Kommunistik partiyasining XX qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing