Xitoy Qozog‘istonga yordam berishga tayyor – Si Szinpin
Olam
−
25 yanvar 2022
6469Xitoy Xalq Respublikasi yanvar oyida yuz bergan tartibsizliklardan zarar ko‘rgan Qozog‘istonni qo‘llab-quvvatlash va yordam berishga tayyor. Bu haqda Xitoy raisi Si Szinpin “Markaziy Osiyo – XXR” onlayn sammitida ma’lum qildi.
“Biz barchamiz tashqi kuchlarning mintaqada rangli inqilobni ruhlantirishga, inson huquqlari bahonasida ichki ishlarga aralashishga, xalqlarimizning tinch hayotiga putur yetkazishga urinishlariga keskin qarshimiz. Qozog‘istondagi so‘nggi tartibsizliklar aholining katta yo‘qotishlariga olib keldi. Qozog‘istonning qo‘shnisi va do‘sti sifatida biz mamlakatning zo‘ravonlikni tugatish va vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz. Xitoy Qozog‘istonga zarur yordam ko‘rsatishga tayyor. Ishonchim komilki, Prezident To‘qayevning rahbarligi ostida Qozog‘iston xalqi o‘z mamlakati uchun yorqin kelajakni ochadi”, deydi Si Szinpin.
Sammitda so‘zga chiqqan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlariga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
“Men Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida Yevroosiyo makonida tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni mustahkamlashda juda muhim rol o‘ynashiga ishonaman. Bu, ayniqsa, terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashda to‘g‘ri keladi. Bu mening mamlakatim uchun alohida ahamiyatga ega.
Yanvar oyining birinchi kunlarida Qozog‘iston terrorchilarning tajovuzkorligi va shafqatsizligi oqibatida misli ko‘rilmagan holatlarga duch keldi. Biz davlat va xalq sifatida bu fojiali voqealardan kerakli saboq oldik va, albatta, tezda tiklanamiz. Hozir biz davlat boshqaruvini, milliy xavfsizlik tizimini va iqtisodiy siyosatni formatlash hamda isloh qilish bo‘yicha faol ishlayapmiz. Biz yangi Qozog‘istonni qurishni boshladik”, deydi To‘qayev.
LiveBarchasi