Xitoy Qirg‘izistonga harbiy-texnika yetkazib berdi

Olam

image

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Qirg‘iziston Qurolli Kuchlariga harbiy-texnik yordam ko‘rsatdi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 26 may kuni Qirg‘iziston Qurolli Kuchlari Milliy gvardiyasida Xitoydan yuborilgan harbiy-texnik mulkni tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Marosimda Qirg‘iziston Mudofaa vaziri Taalaybek Omuraliyev va Xitoy Xalq Respublikasining Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Du Deven ishtirok etgan.

“Marosim davomida Omuraliyev va Du Deven taqdim etilgan harbiy mahsulotlar namunalari bilan tanishdi va ularning texnik xususiyatlarini muhokama qildi. Tadbir yakunida Qirg‘iziston Respublikasi mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i Xitoy Xalq-ozodlik armiyasiga ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirib, hamkorlik darajasini yanada oshirishga ishonishini aytdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu harbiy-texnik yordam Qirg‘iziston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Qurolli Kuchlari o‘rtasida ilgari imzolangan shartnomalarni amalga oshirish doirasida ko‘rsatilgan.

Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti deputatlari professional askarlar hisoblanmagan chegaraoldi hududlaridagi fuqarolarga qurol berishni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

212

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing