Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘lini qurish qachon boshlanishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston hukumati kecha 2022-2026 yillarda temir yo‘l transportini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Qaror nafaqat temir yo‘l transporti va infratuzilmasini kelajakda rivojlantirish va yaxshilash uchun sharoit yaratadi, balki temir yo‘l orqali yo‘lovchi va yuk tashish darajasi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.

“Temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish Vazirlar mahkamasining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Kuzda mustaqilligimiz tarixidagi eng yirik loyiha – Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qurilishini boshlash rejalashtirilgan. Bu loyihani qo‘llab-quvvatlash zarur”, deydi Vazirlar mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov yig‘ilishda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

322

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing