Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi qachon boshlanishi ochiqlandi

Jamiyat

image

2024 yilning oktyabr oyida Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 6 may kuni O‘shga safari chog‘ida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston davlat rahbari qurilish ishlari tugallangach, Qirg‘iziston tranzit mamlakatga aylanishi, bu esa iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini aytgan.

Uning ta’kidlashicha, hozir Qirg‘iziston logistikasi tushkun ahvolda bo‘lib, davlat Qozog‘iston va Rossiya temiryo‘llari orqali dunyoga chiqishi kerak.

“Oktyabr oyida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini boshlash rejalashtirilgan. Biz dunyo uchun tranzit mamlakatga aylanamiz”, deydi Sadir Japarov.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin mamlaktining loyihadagi ishtirokiga munosabat bildirib, Moskva hali ham loyihani diqqat bilan ko‘rib chiqayotganini bildirgan.

“Biz nimaga sarmoya kiritayotganimizni yaxshilab o‘rganishimiz kerak”, degan u.

Ma’lumot uchun, mazkur temiryo‘l qurilishi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar 6 may kuni bo‘lib o‘tgan Prezident bilan uchrashuvda, avvalroq esa Toshkent investitsiya forumi dasturi doirasida muhokama qilingandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Xitoy Qirg'iziston temiryo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing