Xitoy G‘azoga 4 mln dollardan ortiq gumanitar yordam berdi

Olam

image

Xitoy G‘azo sektoriga yaqin Sharqdagi mojaro kuchayganidan beri 4 million dollardan ortiq gumanitar yordam ko‘rsatdi. Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin BRICS'ga a’zo davlatlar rahbarlarining G‘azo sektoridagi vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Xitoy G‘azoga Falastin ma’muriyati va BMT mexanizmlari orqali 2 million dollarlik favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatgan. Misr orqali esa 15 million yuan (2,1 million dollar) miqdorida oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa gumanitar yuklarni yetkazib bergan. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat G‘azo aholisiga ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda moddiy yordam ko‘rsatishda davom etadi.

Ma’lumot uchun, bugun, 21 noyabr kuni Janubiy Afrika Respublikasida BRICS'ga a’zo davlatlar rahbarlarining G‘azo sektoridagi vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda BRICS mamlakatlari – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika, shuningdek tashkilotga yangi taklif etilgan Saudiya Arabistoni, Argentina, Misr, Efiopiya, Eron va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlari qatnashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Si Tszin'pin gumanitar yordam G'azo BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing