Xitoy Eronga transport samolyotlarini yubordi – “Telegraph”
Olam
−
18 iyun 20017 1 daqiqa
Xitoy Eronga kamida uchta Boeing 747 transport samolyotini noto‘g‘ri yo‘nalish orqali jo‘natgan. Bu haqda kecha, 17 iyun kuni Britaniyaning “The Daily Telegraph” gazetasi xabar berdi.
Taxminlarga ko‘ra, samolyotlar Eronga Isroil bilan urushda zarur bo‘lgan qurol-yarog‘ va harbiy texnikani tashish uchun ishlatilishi mumkin. Bu taxminni uchta reysdan birinchisi Isroilning ushbu mamlakatga qarshi harbiy operatsiyasi boshlangan kunning ertasiga Eronga yo‘l olgani, keyinroq esa Yaqin Sharqqa yana ikkita samolyot yetib kelgani da’vosi bilan tasdiqlanadi.
Qayd etilishicha, samolyot Xitoyning shimoliy qismi ustidan harakatlanib, Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tgan, O‘zbekiston va Turkmaniston ustidan uchib o‘tgan, so‘ngra Eronga yaqinlashganda radarlardan g‘oyib bo‘lgan.
Bundan tashqari, samolyotlarning e’lon qilingan yo‘nalishi Lyuksemburgga yetib kelishni nazarda tutgan, biroq gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, ularning hech biri Yevropa havo hududiga kirmagan.
Live
Barchasi