Xitoy Erondan husiylarni tinchlantirishni so‘radi – “Reuters”
Olam
−
21:58 688 2 daqiqa
Husiylarning Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi hududidagi harbiy hujumi fonida Saudiya Arabistoni murojaatidan so‘ng Xitoy yopiq eshiklar ortida Erondan Yaman husiylariga ta’sir o‘tkazishni so‘radi. Bu haqda uchta ironlik manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, husiylar Qizil dengiz sohili bo‘ylab shiddatli ilgarilab, Saudiyaning neft eksporti va kemalar qatnovini xavf ostiga qo‘ygach, Ar-Riyad yordam so‘rab Pekinga murojaat qilgan.
“Pekin Eronni nizoning dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyoti bo‘lmish Xitoy bog‘liq bo‘lgan energiya resurslarini tashish yo‘llariga yanada kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun husiylarga bo‘lgan o‘z ta’siridan foydalanishga chaqirmoqda”, deyiladi xabarda.
Nashr manbalari Pekin agar Tehron husiylarga ta’sir o‘tkazishdan bosh tortsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid qilmaganini va Eronga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorligi haqida signal bermaganini aytgan.
“Xitoy mintaqaviy keskinlikning Yaman va Qizil dengizga yoyilishini istamaydi. Mintaqaviy beqarorlikning eskalatsiyasi hech bir tomonning manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi”, deydi nashrga XXR Tashqi ishlar vazirligi.
Ma’lumot uchun, Xitoy Eron neftining eng yirik xaridori bo‘lib turibdi: 2025 yilda Eron dengiz eksportining 80 foizdan ortig‘i – kuniga taxminan 1,4 mln barrel aynan Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Ansorulloh” husiylar harakati Yamanning Marib provinsiyasi osmonida Saudiya Arabistoni Harbiy-havo kuchlariga tegishli F-15 qiruvchi samolyotini urib tushirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi