Xitoy eng nozik masalada AQSHga norozilik bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika kongressmenlarining Tayvanga tashrifi Xitoy-AQSH munosabatlarining siyosiy asosiga putur yetkazadi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, katta polkovnik U Syan bayonotda berdi

“AQSHning bunday xatti-harakatlari “Yagona Xitoy” tamoyili va uchta Xitoy-AQSH qo‘shma kommyunikelari qoidalarini qo‘pol ravishda buzadi va ikki davlat munosabatlarining siyosiy poydevoriga jiddiy zarar yetkazadi”, deydi u.

Qayd etilishicha, Xitoy tomoni bu borada Qo‘shma Shtatlarga keskin norozilik bildirgan.

Syanning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi Tayvan ishlariga tashqaridan aralashuvning oldini olish va ayirmachilikka urinishlarni to‘xtatish uchun qat’iy choralar ko‘radi. 

“Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi jangga tayyor va mustaqil Tayvanning siyosatiga aralashishga urinishlarni oldini olish, uni buzish rejalarini bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi. Tayvan masalasi hech qanday tashqi aralashuvga toqat qilmaydi. U KXDRning ajralmas qismi hisoblanadi", deydi mudofaa vazirligi vakili. 

Ma’lumot uchun, 14 aprel kuni kechqurun respublikachi senator  Lindsi Grem boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi orolga qisqa muddatli e’lon qilinmagan tashrif bilan kelgan. Bir guruh siyosatchilar, jumladan, AQSHning bir qancha taniqli senatorlari Avstraliyadan qaytayotganda harbiy samolyot bortida uchib, Taybeyda to‘xtagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 15 aprel kuni AQSH rasmiylari Tayvan Prezidenti Say Inven va bir qator idora rahbarlari bilan uchrashadi.

Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, XXR bilan munosabat o‘rnatgan. Vashington “Yagona Xitoy” siyosatini tan olgan holda o‘zini o‘zi boshqaradigan orol bilan aloqalarni davom ettirmoqda va uni qurol-yarog‘ bilan ta’minlamoqda. Bu materik Xitoyda noroziliklarga sabab bo‘lmoqda, chunki Tayvan ushbu mamlakatning ajralmas qismi sifatida ko‘riladi.

Avvalroq, joriy yilning 18 mart kuni Xitoy rahbari Si Szinpin Xitoy-AQSH munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik uchun Tayvan masalasini to‘g‘ri hal qilish kerakligini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

490

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing