Xitoy elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi
Jamiyat
−
04 fevral 2023
4958Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Saidov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisi Szyan Yanni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, uchrashuvda Baxtiyor Saidov elchining faoliyati hamda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik, har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasini qayd etdi.
“Qayerda ishlamasam ham, men O‘zbekistonni doim iliqlik bilan eslayman, Xitoy-O‘zbekiston munosabatlariga doimo g‘amxo‘rlik qilaman va bundan buyon ham ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shish uchun bor kuchimni ishga solaman”, deydi Szyan Yanni.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi