Xitoy dunyoning eng baland nuqtasiga stansiya o‘rnatmoqchi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoy Fanlar akademiyasi olimlari dunyoning eng baland nuqtasi – dengiz sathidan 8800 metr balandlikdagi Jomolungma (Everest) cho‘qqisida meteorologik kuzatuv stansiyasini o‘rnatishga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Bu haqda “China Daily” gazetasi xabar berdi.

Stansiya Xitoy Fanlar akademiyasi Tibet platosi instituti tomonidan ishlab chiqilmoqda. Umumiy og‘irligi 50 kg ga yaqin bo‘lgan stansiyani o‘rnatish bilan alpinistlarning maxsus guruhi shug‘ullanishi rejalashtirilgan. Meteorologik stansiya qurilmasi dengiz sathidan 8800 metr yuqoriga o‘rnatiladi. Stansiya demontaj qilingan holda tog‘ cho‘qqisiga yetkaziladi, alpinistlarning har biri 7 kg dan ortiq yuk ko‘tarmaydi.

Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, stansiya 2019 yilda Britaniya va Amerika olimlari tomonidan tog‘ning janubiy tomonida 8430 metr balandlikda o‘rnatilgan xuddi shunday inshootni ikkinchi o‘ringa siqib chiqarib, dunyodagi eng baland stansiyaga aylanadi. Jamalungmaning maksimal balandligi 8848,86 metrni tashkil qiladi.

Jomolungmada jami sakkizta Xitoy meteorologik stansiyasi ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing