Xitoy dunyodagi birinchi dron-kemani ishga tushirdi

Texnologiya

image

Xitoy o‘nlab havo, dengiz va suv osti dronlarini tashish imkoniyatiga ega Zhu Hai Yun dron kemasini dengizda sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda “Business Insider” xabar berdi.

“Zhu Hai Yun aqlli boshqaruvchisiz harakatlana oladigan tizimga ega dunyodagi birinchi kemadir. Pekin uni rasman dengiz tadqiqotlari vositasi deb atagan, biroq ba’zi ekspertlar kemadan harbiy maqsadlarda foydalanish mumkinligini aytdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, boshqaruvchisiz harakatlanadigan kema Xitoy harbiylari tomonidan bir qancha davlatlar hududiy da’volarni ilgari surgan bahsli Janubiy Xitoy dengizida razvedka ma’lumotlarini yig‘ish uchun ishlatilishi mumkin.

Kema birinchi marta may oyida taqdim etilgan va dengiz sinovlari tugagandan so‘ng 2022 yil oxirigacha Xitoy harbiy-dengiz kuchlariga topshirilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing