Xitoy dollardan voz kechadi
Olam
−
23 iyun 2020
20945Xitoy rasmiylari AQSHning Pekinga nisbatan sanksiyalar siyosatini qo‘llashiga qarshi mahalliy to‘lov tizimlarida dollardan voz kechishni rejalashtirmoqda.
Ushbu masala yuzasidan Xitoyning Qimmatli qog‘ozlarni nazorat qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Fan Sinxay bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyni SWIFT va CHIRS hisoblash tizimlaridan uzib qo‘yish mumkin. Sinxayning ta’kidlashicha, Pekin bunga tayyor turishi kerak.
Ekspertning fikriga ko‘ra, Xitoyni sanksiyalar oldida zaif holga keltiradigan omillar mavjud. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi tufayli ana shu omillar, aniqrog‘i, dollarga qaramlilik vujudga kelishi mumkin.
Qo‘mita raisi o‘rinbosari, shuningdek, AQSH valyutasining qadrsizlanishi Xitoyning mamlakat tashqarisida joylashgan moliyaviy bo‘lmagan investitsiyalariga zarar yetkazishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ularning umumiy qiymati taxminan 2 trillion dollarni tashkil etadi.
Sinxayning fikriga ko‘ra, to‘lov tizimlarini yuanga o‘tkazish tashqi tomondan salbiy bosimni zararsizlantirishga yordam beradi.
Ma’lumot o‘rnida, Donald Tramp uyg‘urlarni zulm qilish bilan bog‘liq vaziyat tufayli Xitoyga qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. Huquqiy akt ushbu avtonom mintaqada sodir bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq ba’zi Xitoy siyosatchilariga qarshi sanksiyalarni nazarda tutadi.
LiveBarchasi