Xitoy COVID-19’ga bag‘ishlangan oq kitobni e’lon qildi
Olam
−
01 may 5470 2 daqiqa
Xitoyda COVID-19’ni oldini olish, nazorat qilish va kelib chiqishini aniqlashga bag‘ishlangan oq kitob (ya’ni rasmiy hukumat hujjati) e’lon qilindi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.
Xitoy Davlat kengashi matbuot idorasi tomonidan tayyorlangan mazkur hujjat “COVID -19: oldini olish, nazorat va kelib chiqishni aniqlash – Xitoyning harakatlari va pozitsiyasi” deb nomlanadi. Unda Xitoy hukumati pandemiyaga qarshi kurash va xalqaro hamkorlikdagi faoliyati haqida keng ma’lumotlar keltirilgan.
Oq kitobda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Xitoy epidemiologlari tomonidan olib borilgan qo‘shma tadqiqotlar natijalari esga olinadi. Unga ko‘ra, koronavirusning tabiiy manbai sifatida Uxan shahri inkor etilgan va Uxan virusologiya laboratoriyasidan virusning sizib chiqishi “ehtimoldan yiroq” deb baholangan.
Hujjatda, shuningdek, AQSHda Xitoydan avval COVID-19 bilan kasallanish holatlari qayd etilgani haqidagi ko‘plab dalillar keltirilgan. Shu asosda Xitoy tomoni virus kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha keyingi bosqichdagi tadqiqotlar AQSHda olib borilishi lozimligini ta’kidlaydi.
Xitoyning rasmiy bayonotiga ko‘ra, ular JSST va xalqaro hamjamiyatga vaqtida kerakli ma’lumotlarni taqdim etgan. Bundan tashqari, pandemiya boshlanishi vaqtida shaxsiy himoya vositalarining zaxirasini yig‘ish va virus tarqalishini yashirishda ayblab, Missuri shtati tomonidan Xitoyga qarshi 24 milliard dollarlik da’vo arizasi keltirilgani eslatib o‘tiladi.
Oq kitobda AQSH pandemiya masalasida “kar va ko‘rga aylangan” pozitsiyadan voz kechib, xalqaro hamjamiyatning haqli tashvishlariga javob berishi lozimligi aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda AQSH ma’muriyati COVID-19 laboratoriya kelib chiqqani bo‘yicha yangi dalillarni o‘z ichiga olgan maxsus internet sahifani ishga tushirgan edi. Unda Uxandagi laboratoriyani asosiy manba sifatida ko‘rsatuvchi fikrlar ilgari surilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr