Xitoy bojxonasida shimiga 100 dan ortiq ilon yashirgan erkak ushlandi (video)

Olam

image

Xitoy bojxonachilari 100 dan ortiq kam uchraydigan ilonni shimining ichiga solib kelayotgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.
 

Mazkur shaxs Gonkong va Shenchjen o‘rtasidagi nazorat o‘tkazish punktida o‘z harakatlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarida shubha uyg‘otgach, darhol to‘xtatilgan.

“Erkak shimida 104 ta tirik ilonni kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tayotganida ushlandi. Shimning ichidagi oltita kanvas ipli sumkachalar ochilgach, ularning har birida turli xil shakl, o‘lcham va rangdagi tirik ilonlar borligi aniqlandi”, deyilgan mamlakat Bojxona boshqarmasining xabarida.

Bojxona organining ta’kidlashicha, ushbu shaxs qonuniy javobgarlikka tortiladi. Biroq bayonotda hibsga olingan erkakka qanday jazo tayinlanishiga oid aniq tafsilotlar oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentga 56 bosh timsoh bolalarini olib kirayotgan fuqaro qo‘lga tushgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy ilon Gonkon Shen'chjen' bojxonachilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing