Xitoy Avstraliya, Britaniya va AQSHni Okeaniyani harbiylashtirishda aybladi

Olam

image

Buyuk Britaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Avstraliya Tinch okeanining janubiy qismini harbiylashtirish bo‘yicha shaffof bo‘lmagan siyosat olib bormoqda, bu mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish xavfini oshiradi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan ma’lum qildi, deb yozadi TASS.

“Avstraliya AQSH va Buyuk Britaniya bilan birgalikda mintaqada harbiy blok tuzadi va Okeaniya davlatlari bilan tegishli masalalarni muhokama qilmasdan qurollanish poygasini rag‘batlantiradi”, deya ta’kidlagan u bugun, 11 may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Avstraliya tomonining faollashuvdan xavotirini izohlar ekan.

Xitoy diplomatiga ko‘ra, G‘arb o‘z harakatlari bilan xavflarni oshirib, mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirmoqda.

“Avstraliya noshaffof siyosat olib bormoqda va yashirin manipulyatsiyaga o‘tmoqda. Mintaqa davlatlari bundan juda xavotirda”, degan Chjao Litszyan.

Uning aniqlik kiritishicha, Avstraliya tomoni “o‘z xatolarini qayta ko‘rib chiqishi va siyosatni o‘zgartirishi” kerak.

Aprel oyi oxirida Oq uy agar XXR Sulaymon orollari bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga ko‘ra, Xitoy harbiy ob’ektlarini ushbu mamlakat hududiga joylashtirsa, Qo‘shma Shtatlar munosabat bildirishi haqida ogohlantirgan edi.

Ma’lumot uchun, 25 aprel kuni arxipelagga Amerika delegatsiyasi tashrif buyurdi, uning tarkibiga oq uy Milliy xavfsizlik Kengashining Hind okeani masalalari bo‘yicha koordinatori Kurt Kempbell, Davlat kotibining Sharqiy Osiyo va tinch okeani masalalari bo‘yicha yordamchisi Daniyel Kritenbrink, Pentagon va AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi vakillari kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing