Xitoy Argentinani teraktga yo‘l qo‘yishda ayblamoqda

Olam

image

Argentina poytaxti Buenos-Ayresdagi Xitoy elchixonasi binosiga avtomobil qasddan borib urildi. Ushbu ishni qilgan yigit hibsga olindi. Bu haqda “Perfil” nashri yozmoqda.

U diplomatik vakolatxona hududiga kirish uchun eshikni sindirishga uringanini tan oldi. Mashinada zararli moddalar topilmadi. Ammo mahalliy tergovchilarning bu xulosasi XXR elchixonasi vakillarini qoniqtirmayapti. Ularning taxminlariga ko‘ra, bu yerda “shaxsiy adovat” bo‘lishi mumkin.

Daslabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida elchi u yerda bo‘lmagan.

Taxminlarga ko‘ra, 24 yoshli erkak ruhiy kasallikka chalingan.

Hozirda elchixonaga kirish yo‘llari yopib qo‘yildi. Federal politsiya va o‘t o‘chiruvchilar voqea joyida navbatchilik qilmoqda.

XXR rasmiylari ushbu voqeaga o‘z munosabatlarini bildirar ekan, jumladan, bu holat terakt bo‘lishi mumkinligini istisno etishmadi. Xitoy tashqi kuzatuv nazorati tashkilotining Lotin Amerikasi bo‘limi vakili Sin Jibaoning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy barcha taxminiy variantlarni o‘rganib chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina XXR

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing