Xitoy AQSHning qurol-yarog‘ kompaniyalarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Olam

image

Xitoy hukumati Tayvanga qurol-yarog‘ yetkazib bergani uchun AQSHning 20 ta mudofaa kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror bugun, 26 dekabrdan kuchga kirgan. Yangi sanksiyalar 20 ta tashkilot va 10 nafar rahbar shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.

Xitoy tashqi ishlar idorasi sanksiyalar qo‘llaniladigan kompaniyalar ro‘yxatini keltirdi. Ular – Northrop Grumman Systems Corporation, L3Harris Maritime Services, Boeing in St. Louis, Gibbs & Cox, Advanced Acoustic Concepts, VSE Corporation, Sierra Technical Services, Red Cat Holdings, Teal Drones, ReconCraft, High Point Aerotechnologies, Epirus, Dedrone Holdings, Area-I, Blue Force Technologies, Dive Technologies, Vantor, Intelligent Epitaxy Technology, Rhombus Power Inc. va Lazarus Enterprises.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar Tayvanga 11,1 milliard dollarlik qurol sotishni ma’qullagani, bu Xitoyning tobora ortib borayotgan harbiy bosimi ostida bo‘lgan orol uchun AQSHning eng yirik qurol-yarog‘ paketi ekani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing