Xitoy AQSHni Grenlandiya masalasida ogohlantirdi 

Olam

image

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Qo‘shma Shtatlarni “Xitoy tahdidi” bahonasidan foydalangan holda o‘z manfaatlarini izlashni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda bugun, 19 yanvar kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Go Szyakun ma’lum qildi. 

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi o‘tkazgan matbuot anjumanida jurnalistlardan biri Szyakunga AQSH Prezidenti Donald Trampning 2026 yil 17 yanvarda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan – joriy yil 2 fevraldan boshlab Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Finlyandiyadan AQSHga import qilinadigan mahsulotlarga 10 foizlik qo‘shimcha boj qo‘yilishi haqidagi bayonotiga oid savol bergan. Savolga javoban Go Szyakun Xitoyning bu masaladagi qarashlari qat’iyligini ma’lum qilgan va AQSHdan “Xitoy tahdidi” degan bahonadan foydalanmaslikni talab qilgan. 

 

“Xitoy Grenlandiya masalasidagi o‘z pozitsiyasini bir necha bor bayon qilgan. BMT nizomining maqsad va tamoyillari asosidagi xalqaro huquq mavjud xalqaro tartibning negizi bo‘lib, u himoya qilinishi lozim. Biz AQSHni “Xitoy tahdidi” bahonasidan foydalangan holda o‘z manfaatlarini izlashni to‘xtatishga chaqiramiz”, degan TIV rasmiysi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Donald Trampning Grenlandiyani qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlarga nisbatan bojlar joriy etish tahdidlari tufayli AQSHdan 93 milliard yevro (108 milliard dollar) miqdoridagi tovarlarga bojlar yoki Amerika kompaniyalari uchun bir qator cheklovlar joriy etishni ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Grenlandiya Go Tszyakun'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing