Xitoy AQSHni Gongkong masalasida ogohlantirdi

Olam

image

Agar AQSH Gonkong ishlariga aralashishni to‘xtatmasa, Xitoy qat’iy qarshi choralar ko‘rishga majbur bo‘ladi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin Xitoy hukumati Gonkong qonunchilik kengashining to‘rt nafar muxolifat a’zosi bilan bog‘liq qaror tufayli Qo‘shma Shtatlarning 10 dan ortiq rasmiylariga qarshi sanksiyalar tayyorlayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Siz aytayotgan sanksiyalar qo‘llanilishi haqidagi qaror hali qabul qilinmagan. Agar bu ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, unda ushbu masala bo‘yicha Xitoyning pozitsiyasini ommaga taqdim etishingiz mumkin”, deydi Xua Chunin jurnalistlarning xabarlarga izoh berish haqidagi iltimosiga javoban. 

Chuninning ta’kidlashicha, Xitoy AQSHning mamlakat ichki ishlariga aralashishi va Gonkong bahonasida Xitoy rasmiylariga qarshi sanksiyalar qo‘llashiga qat’iyan qarshi chiqadi va qoralaydi.

“Biz Qo‘shma Shtatlarni Gonkong va Xitoy ichki ishlariga aralashishni to‘xtatishga hamda noto‘g‘ri yo‘ldan yuz burishga chaqiramiz. Agar AQSH noto‘g‘ri yo‘lida davom etsa, Xitoy milliy suverenitet va xavfsizlikni himoya qilish, shuningdek Xitoy fuqarolarining qonuniy huquqlari, manfaatlarini himoya qilish uchun qat’iy keskin qarshi choralarni ko‘radi”, deya xulosa qildi u.

Diplomatning ta’kidlashicha, Gonkong Xitoyning ajralmas qismi va ushbu hudud ishlari tashqi aralashuvga toqat qilmaydigan Xitoyning ichki ishidir.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Gongkong Xua Chunin

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made