Xitoy “aqlli” razvedka kemasini ishga tushirdi

Texnologiya

image

Xitoyda ham masofadan turib, ham sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan “Chju Xay Yun” avtonom dengiz razvedka kemasi foydalanishga topshirildi.

Qayd etilishicha, kemaning o‘zi o‘nlab havo, yer usti va suv osti uchuvchisiz uchish qurilmalari uchun tashuvchi hisoblanadi. Bunday kemalarning ishga tushirilishi bilan Xitoy dengiz operatsiyalari ustidan nazoratni kuchaytiradi.

Kema Shanxaydagi davlat kemasozlik korporatsiyasi tomonidan qurilgan. Uning qurilishi o‘tgan yilning may oyida tugallangan bo‘lib, 2022 yil oxirigacha sinovdan o‘tkazilgan. “Chju Xay Yun” kemasi 12 yanvar kuni dronlarni ishga tushirish va tiklash missiyalaridan iborat 12 soatlik yakuniy sinovdan so‘ng foydalanishga qabul qilindi. Kema o‘zining datchiklari va sun’iy yo‘ldosh signallaridan foydalangan holda barcha kerakli manyovrlar bilan ma’lum bir marshrut bo‘ylab muvaffaqiyatli suzib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, bu yil kemani okean suvidan namuna olish operatsiyalaridan tortib xaritalash, kuzatish va patrullikkacha bo‘lgan bir qator geodezik tadbirlarda sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, “aqlli kema” brakonerlarga qarshi kurashda ham yordam berishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, “Chju Xay Yun”ning suv o‘tkazuvchanligi 2100 tonnani tashkil etadi. Uning uzunligi 88,5 metrga, kengligi esa 14 metrga teng. Kemaning maksimal tezligi 18 uzelga (33 km/soat) yetadi. Elektronikadan tortib ishlaydigan mexanizmlargacha bo‘lgan barcha kema tizimlari Xitoyda ishlab chiqilgan. Bu Xitoyning ilm-fan va texnologiyasining yuqori darajasini yana bir bor isbotlaydi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing