Xitoy hech qachon befarq qolmaydi – Pekin Pelosi Tayvanga borganiga norozilik bildirdi
Olam
−
03 avgust 2022
9467Bugun, 3 avgust kuni tunda AQSHning Pekindagi elchisi Nikolas Berns Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Xitoy TIV rahbarining o‘rinbosari Se Fen elchiga Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi yuzasidan norozilik bildirgan. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qilgan.
“Bu harakatlar o‘ta yomon xarakterga ega edi, oqibatlari juda og‘ir bo‘ladi. Xitoy hech qachon qachon bunga befarq bo‘lib qolmaydi”, deydi Fen.
Xitoy Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari AQSHdan “Pelosining Tayvanga e’lon qilinmagan tashrifining salbiy ta’sirini bartaraf etish uchun samarali choralar ko‘rishni” talab qilgan, shuningdek Vashington provokatsiyalarni to‘xtatib, orolning mustaqillik tarafdori kuchlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi kerakligini ta’kidlagan.
Nensi Pelosi kecha, 2 avgust kuni kechqurun Taypeyning Sonshan aeroportiga yetib keldi, bu AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikerining 1997 yildan beri orolga qilgan ilk safari bo‘ldi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi siyosatchining tashrifiga keskin norozilik bildirdi va uni qoraladi. Uning safari “Yagona Xitoy” tamoyili va uchta Xitoy-AQSH kommyunikelari qoidalarini jiddiy ravishda buzadi. Pekin, shuningdek, Vashingtonni Xitoyni nazorat qilish uchun Tayvandan foydalanishni to‘xtatishga chaqirdi. Bundan tashqari, diplomatik departament mamlakat suverenitetini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishiga ishontirdi.
Oq uyning fikricha, Pelosining Tayvanga tashrifi Xitoy suverenitetini buzmagan, AQSH ma’muriyati esa “o‘zini qo‘rqitishga yo‘l qo‘ymasligiga” ishontirgan. Amerika rasmiylari mintaqada keskinlikning kuchayishiga hech qanday sabab yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Kreml Pelosining safarini mintaqadagi keskinlikni kuchaytiruvchi provokatsiya deb atadi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov dunyoning barcha davlatlari buni qayd etayotganiga e’tibor qaratdi va Rossiyaning Xitoy bilan birdamligini qayd etdi.
LiveBarchasi