Xelsinkida SSSR sovg‘a qilgan yodgorlik olib tashlandi
Olam
−
08 avgust 2022
10313Xelsinkida 1990 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan Finlandiyaga sovg‘a qilgan “Butun dunyoda tinchlik” yodgorligi olib tashlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Yodgorlikning demontaj qilinishi Xakaniyemenrant ko‘chasini qaytadan qurish rejalari bilan izohlangan. Haykalning o‘rniga piyodalar yo‘lagi yotqiziladi.
Avval yodgorlikni boshqa joyga ko‘chirish bir necha marta taklif qilingan. Masalan, 2019 yilda uni Xakaniyemi tumanini yangilash va modernizatsiya qilish doirasida olib tashlamoqchi bo‘lgandi. Yangi joy sifatida Lenin nomidagi kichik xiyobon ko‘rib chiqilgan, biroq bu loyiha ma’qullanmagan.
Sovet haykaltaroshi Oleg Kiryuxin tomonidan ishlangan, 6,5 metr balandlikdagi “Butun dunyoda tinchlik” bronza kompozitsiyasida turli qit’alardan kelgan odamlar qo‘llarida novdalar bilan hoshiyalangan globusni ushlab turgani aks etgan.
Moskva Xelsinkiga yodgorlikni 1989 yilda sovg‘a qilgan va uning ochilishi 1990 yil yanvarda, Berlin devori qulaganidan ko‘p o‘tmay yuz bergan. U bir necha bor bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan va vandallarning hujumiga uchragan. Javob ishorasi sifatida Xelsinki Moskvaga Leningrad shossesidagi Do‘stlik bog‘ida joylashgan “Dunyo bolalari” haykalini sovg‘a qildi.
LiveBarchasi