Global yadroviy urush ssenariysi qanday bo‘ladi?

Olam

image

Michigan universitetining materialshunoslik professori Joshua Pirs global yadroviy urush ssenariysini taqdim etdi. Tegishli maqola “The Conversation” jurnalida e’lon qilindi.  

Muallifning asosiy fikri shundaki, har qanday davlat tomonidan yadro qurolidan bir tomonlama foydalanish, avvalo, uning o‘ziga ta’sir qiladi.

Pirsning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hududida yadro qurolini ishga tushirish, AQSHning o‘zida iqlim o‘zgarishi tufayli ommaviy ocharchilikka olib keladi. Amerika har yili 140 ming fuqarosini yo‘qotishni boshlaydi va agar biror mamlakat o‘zining barcha yadroviy qurolidan foydalansa, yiliga besh million odam nobud bo‘lishi mumkin.

Shunday qilib, Pirsning ta’kidlashicha, hatto AQSHning Xitoy yoki Rossiyaga qarshi javobsiz hujumi bu mamlakat uchun zararli bo‘lishi mumkin.

Joriy yilning yanvar oyida fiziklar, shu qatorda, Nobel mukofoti sovrindorlari, Qiyomat qoyim” soatini yana 2 ta kam yarimtunga qaytardi. 1947 yilda Albert Eynshteyn tomonidan ixtiro qilingan ushbu loyiha global falokat oqibatida insoniyat Yer yuzidan g‘oyib bo‘lishi ehtimolini aks ettiradi. Olimlarning fikriga ko‘ra, dunyo yetakchilari yadroviy mojaro, iqlim o‘zgarishi va kiber urush tahdidiga bardosh bera olmasliklari sababli odamlar qaytib bo‘lmas jar yoqasida turibdi.

“Bulletin of the Atomic Scientists” mutaxassislarining ma’lum qilishicha, hozirgi paytda global mojarolar va kiberhujumlar, urushlar, shuningdek, iqlim muammolari tufayli tahdidlar yanada kuchaymoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yadro urushi

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing