XDP O‘zbekiston SSR Kompartiyasining vorisimi? Inoyatov javob berdi
Jamiyat
−
26 iyul 2021
8869“Xalq demokratik partiyasi O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasining vorisi”. Mazkur ta’rif XDP deputatlariga umuman yoqmasligi aniq. Ammo ushbu ibora xalq orasida kecha yoki bugun paydo bo‘lgan emas. Kimdir XDPni g‘oyaviy jihatdan sobiq Kommunistik partiyaning vorisi desa, yana kimdir uning byudjet mablag‘lari va binosi partiyaga o‘tib qolganligi uchun ham bog‘langanligini aytadi. Xo‘sh, bu borada partiya rahbarining fikri qanday?
XDP raisi Ulug‘bek Inoyatov QALAMPIR.UZ’ga bergan intervyusi davomida aynan mazkur ta’rifga o‘z munosabatini bildirdi.
“Albatta, inson o‘z kelib chiqishi, avlodi va tarixidan hech qachon yuz o‘girmasligi kerak. Uni qadrlash kerak. Shu nuqtayi nazardan olib qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekistondagi ko‘ppartiyaviylik, umuman partiya tizimi, bu hammasi sobiq ittifoqdagi kommunistik partiyaning davomi. Bu – klassika. Butun dunyoda mana shunday tizim orqali shakllangan. XDP bundan 30 yil oldin o‘sha partiya negizida tashkil topgan”, deydi Inoyatov.
XDP raisi Ulug‘bek Inoyatov bilan o‘tkazilgan intervyuning to‘liq qismini QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi rasmiy sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi