XDP prezidentlik sayloviga tayyorgarlikni boshladi

Jamiyat

image

Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hay’atining tegishli qarori qabul qilindi – saylovga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi. Bu haqda partiya Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun Xalq demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan nomzodning saylovoldi dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

Ma’lum qilinishicha, dasturda bir qator dolzarb ijtimoiy masalalarda takliflarni ilgari surish mo‘ljallanmoqda. Buning uchun partiyaning 44 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Saylovoldi dasturi loyihasini tayyorlashda ilmiy doiralar va partiya a’zolari, keng jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot va muhokamalar o‘tkazish, aholini o‘ylantirayotgan, yechimini kutib turgan masalalarni hal qilish bo‘yicha yangicha yondashuvlar hamda takliflarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.

XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov kecha Samarqand viloyatida, o‘tgan haftada Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida shu masala bo‘yicha dastlabki muloqotlarni o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda prezidentlik saylovlari joriy yilning 24 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing