Xayrullo Ibodullayevga “Jasorat” medali topshirildi
Jamiyat
−
20:06 3475 1 daqiqa
Bugun, 26 fevral kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi O‘zbekistonning Bosh konsulxonasida 7-qavatdan tushib ketgan bolaning hayotini saqlab qolgan Xayrullo Saydullayevich Ibodullayevga “Jasorat” medalini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botir Asadov so‘zga chiqib, Prezident farmoniga muvofiq o‘zbek xalqiga xos jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini namoyon etgani uchun Xayrulla Ibodullayev “Jasorat” medali bilan taqdirlanganini ta’kidlagan.
Xayrulla Ibodullayev ushbu davlat mukofotiga loyiq ko‘rilgani uchun Prezidentga o‘z minnatdorligini bildirgan, shuningdek, u o‘z harakatini qahramonlik emas, balki insoniy burch deb hisoblashini aytgan.
Bundan tashqari taqdirlash marosimida Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxona xodimlari, ko‘plab o‘zbekistonliklar hamda Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.
Esaltib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ko‘p qavatli uydan qulagan bolani Xayrulla Ibodullayev qutqarib qolgani, unga mazkur qahramonligi uchun Rossiyada to‘rtinchi Tigran Keosayan nomidagi mukofot berilishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, mukofot bilan birga rag‘batlantirish uchun bir million rubl ham beriladi. Qolaversa, Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov ham bolani qutqarib qolgani uchun Xayrullo Ibodullayevni mukofotlagandi.
Live
Barchasi