Xayrulla Nuriddinov yana MTRK raisining o‘rinbosari bo‘ldi

Jamiyat

image

Xayrulla Boqijonovich Nuriddinov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

U bunga qadar “O‘zbekiston 24” teleradiokanali” davlat muassasasi direktori edi.

Ma’lumot uchun, Xayrulla Nuriddinov 1974 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tugatgan. 1999 yilda “Jasorat” medali, 2005 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” davlat mukofotlarini olgan.  2006-2017 yillar davomida O‘zbekiston MTRKning “Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori bo‘lib ishlagan. 2017 yilning fevral oyi o‘rtalarida MTRK raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. O‘sha yil avgust oyida “O‘zbekiston” telekanali direktori lavozimiga o‘tkazilgan. 2017-2020 yillarda MTRK raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajargan. 2020 yil iyun oyidan “O‘zbekiston 24” telekanali direktori bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

MTRK Xayrulla Nuriddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing