Xayrulla Bozorov “Namangan square”, Nanay va 2020 dagi 500 millionlik rejalari haqida
Jamiyat
−
17 dekabr 2019
7470Hokimlarning 2020 yildagi rejalari qanday? Bu savol bilan QALAMPIR.UZ Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorovga yuzlandi.
“2020 yilda Namanganning Respublika sanoatidagi ulushini 5 foizga olib chiqmoqchimiz”, deya yangi yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalarni ochiqladi viloyat hokimi.
Viloyat sanoatini yuksaltirish, viloyatning Respublika sanoatidagi ulushini 5 foizga olib chiqish hokimlikning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilda 2,3 foizni tashkil qilgan. Bunda, eng avvalo, mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy sarmoyani jalb etishda investorlarga yetarli sharoit yaratib berish ko‘zda tutilgan.
Bu yil 5,5 mingga yaqin kichik sanoat korxonasi faoliyatini davom ettirmoqda. Kelgusi yilda buni 7 mingga olib chiqish rejalashtirilgan. Viloyatga kiritilgan investitsiya miqdori 2019 yil yil yakuni bo‘yicha taxminan 300 million AQSH dollarini tashkil etayotgan bo‘lsa, 2020 yilda bu miqdorni kamida 500 million AQSH dollariga yetkazish rejalashtirilgan. Mana shularning hisobiga o‘z-o‘zidan yangi ish o‘rinlari ham paydo bo‘ladi.
Ikkinchi yo‘nalish sifatida qurilish sohasiga e’tibor kuchaytiriladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun mahalliy va chet el quruvchi tashkilotlari mazkur sohaga jalb qilinadi. Ayniqsa, xorijliklar bilan katta loyihalarni bunyod qilish boshlangan. Shulardan biri hindistonlik investorlar bilan olib borilayotgan “Namangan square” loyihasi bo‘lib, loyiha 9 qavatli 32 ta uy, 16 qavatli 2 ta biznes markazi, ingliz tilida o‘qitiladigan hind maktabi, 3 ta zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan bog‘cha, golf klublari va boshqa binolardan iborat bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha 18 gektardan iborat bo‘lib, u mukofotga sazovor bo‘lgan me’mor Hafiz Kontraktor tomonidan ishlab chiqilgan va “Man Painting India” nomi bilan tanilgan NFC, Farg‘ona vodiysining mohiyatini aks ettiruvchi an’anaviy va madaniy qadriyatlarning uyg‘unlashuvidan kelib chiqqan holda turar joy va tijorat makoniga aylanishni maqsad qilgan.
Shuningdek, Nanay sayyohlik zonasini tashkil qilish, brend mehmonxonalar sonini ko‘paytirish, xizmat sifatini oshirish ham asosiy 2020 yil rejasida mavjud, deydi viloyat hokimi. Nanay sayyohlik zonasi Turkiyaning shaharsozlik, arxitektura va muhandislik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi “IDEALIST” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
LiveBarchasi