Xayriddin Sulton O‘zbekiston xalq yozuvchisi bo‘ldi
Jamiyat
−
19 yanvar 2423 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maslahatchisi – spichrayteri Xayriddin Madriddinovich Sultonovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni berildi. Bu haqda bugun, 19 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.
Unga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, milliy adabiyot va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, o‘zining betakror iste’dodi, serqirra ijodiy faoliyati bilan xalq badiiy tafakkuri, ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, o‘zbek adabiyoti xazinasini tarixiy va zamonaviy mavzudagi yorqin asarlar bilan boyitish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini aholi o‘rtasida targ‘ib etish, yosh avlodni vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan berilgan.
Ma’lumot uchun, Xayriddin Sultonov 1956 yil 15 yanvar kuni Toshkent viloyatining Qibray tumani Tuzel qishlog‘ida tug‘ilgan. 1963-1973 yillarda Parkentdagi o‘rta maktabda o‘qigan. 1973 yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o‘gishga kirib, 1978 yilda tugatgan. 1974–1980 yillarda “Guliston”, 1982-1985 yillarda ,“Yoshlik” jurnallarida, 1980-1982 , 1985–1993 yillar orasida G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida turli lavozimlarda ishlagan.
Xayriddin Sultonov 1996 yil “Shuhrat” medali, 2003 yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2006 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni hamda 2016 yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Live
Barchasi