Xayr, Prokuratura! Surayyo Rahmonova Allamjonov bilan ish boshladi
Jamiyat
−
04 iyul 2019
14353O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova prokuraturadagi faoliyatini yakunladi. Kecha, 3 iyul kuni u egallab turgan lavozimini tark etdi. Rahmonova shu kunning o‘zida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ish boshladi.
Surayyo Rahmonova endilikda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘laroq faoliyat yuritadi.
Hozircha uning lavozimini tark etish sabablari aniq emas.
Ta’kidlash o‘rinliki, Surayyo Rahmonova qisqa vaqt ichida xalqaro va mahalliy OAV bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘ya oldi. Ommaviy axborot vositalarida prokuratura organlariga oid biror xabar, maqola va tanqidni, jinoyatchilikka doir ma’lumotlarni javobsiz qoldirmadi. Axborotlarning tezkor va to‘g‘ri tarqatilishiga hissa qo‘shdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida Bosh prokuror lavozimida faoliyat yuritgan Otabek Murodov poraxo‘rlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilganini aytgan edi.
LiveBarchasi