“Xayr Olimpiada”. O‘zbekistonlik futbolchilar Parijdagi yurishini erta yakunladi
Sport
−
27 iyul
15760Bugun, 27 iyul kuni Fransiyaning Nant shahrida Parij-2024 Olimpiadasi futbol bahslarining 2-tur o‘yinlari boshlandi. “C” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Misr bilan bahs olib borib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 11-daqiqada Ahmed Koka tomonidan kiritildi.
Shunday qilib, Temur Kapadze shogirdlari musobaqadagi yurishini to‘xtatdi. Jamoa 3-turda Dominikan ustidan g‘alaba qozonsa ham, chorak finalga chiqa olmaydi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Ispaniya Dominikanni 3:1 hisobida mag‘lub etib, muddatidan avval chorak finalga yo‘l oldi. O‘z navbatida, O‘zbekistondan ustun kelgan misrlik futbolchilar ham pley-off yo‘llanmasini naqd qildi.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi musobaqadagi oxirgi o‘yinini 30 iyul kuni Dominikanga qarshi o‘tkazadi.
LiveBarchasi