Xaviga Felish kerak emas

Sport

image

Transfer huquqlari Madridning “Atletiko” klubiga tegishli bo‘lgan “Barselona” hujumchisi Joau Felish Xavining kelgusi rejalariga kiritilmagan. Bu haqda “El Chiringuito” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi klub rahbariyatiga portugaliyalik hujumchidan ko‘ra Ferran Torresni afzal ko‘rishini ma’lum qilgan. Xavining fikricha, uning shartnomasini sotib olish uchun katta mablag‘ sarflashning hojati yo‘q.

Xususan, Xavi mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan, ammo shundan keyin qatorasiga 10 dan ortiq o‘yinda gol urmagan Felishning stabil o‘yin ko‘rsatmasligidan norozi.

Felish “Barselona” safida umumiy 22 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qilgan. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida 24 yoshli hujumchi “Chelsi”da ijara asosida to‘p tepdi.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Xavi Joau Felish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing