Xavi Pikening “Barselona”da qolishi uchun shart qo‘ydi

Sport

image

“Barselona” himoyachisi Jerar Pike bosh murabbiy Xavining so‘rovlariga javob berdi. Ispaniyalik mutaxassis agar futbolchi klubda qolishni istasa, futbolga munosabati va hayot tarzini o‘zgartirishi kerakligi haqida gapirgandi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xavi Pikega u keyingi mavsumdagi rejalarida yo‘qligi haqida ma’lum qilgan. Pikening aytishicha, esa murabbiy qarorini o‘zgartiradi va u yangi transferlardan qat’i nazar, “Barselona”ning eng yaxshi himoyachisi ekanligini ko‘rsatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.

Qayd etilishicha, Xavi Pikedan motivatsiyasi va jarohati bilan bog‘liq vaziyatni so‘ragan, shuningdek, shaxsiy munosabatlardagi vaziyatga oydinlik kiritgan. Mutaxassisning ta’kidlashicha, himoyachi tartibli futbol o‘ynash bilan bir qatorda shaxsiy hayotda ham boshqalarga namuna bo‘lishi shart. Shuningdek, himoyachi motivatsiya va jismoniy holat bo‘yicha  ham o‘yinlarga 100 foiz tayyor bo‘lishi kerak.

Ushbu fikrlarga javoban, Pike jamoada qolishini va klubga munosib ekanini isbotlashini aytdi. U shaxsiy muammolari o‘yinlarga ta’sir qilmasligiga va 2008 yilda “Barselona”ga qaytganidan ko‘ra ko‘proq motivatsiyaga ega bo‘lishiga ishontirgan. Shuningdek, u ommaviy axborot vositalaridagi bahsli chiqishlariga ham chek qo‘ymoqchi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing