Xavi mavsumning eng yaxshi jamoasini aytdi

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi “Manchester Siti” joriy mavsumning eng kuchli jamoasi ekanligini ma’lum qildi.

“Men uchun “Man Siti” hozir dunyoning eng yaxshi jamoasi. Ular juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda va ularda dunyoning eng yaxshi murabbiyi bor. Agar “Man Siti” treblni qo‘lga kiritsa, bu adolatdan bo‘lardi”, deydi Xavi.

“Manchester Siti” Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida “Real”ga qarshi maydonga tushadi. Ilk o‘yin 9 may kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadi. Pep Gvardiola shogirdlari Angliya kubogi finalida “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, “shaharliklar” Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda. London jamoasi 247 kun davomida turnir jadvalida peshqadamlik qildi: “kanonirlar” 3-turdan boshlab peshqadamlik qilayotgandi, jamoa faqat 23-turda “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xavi “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing