Xavi Marokash murabbiyiga aylanishi mumkin
Sport
−
11:50 448 1 daqiqa
“Barselona” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xavi Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis iste’foga chiqqan Valid Regragi o‘rnini egallashi mumkin, biroq hozircha rasmiy muzokaralar boshlanmagan.
Qayd etilishicha, murabbiylar shtabini o‘zgartirish masalasi Marokash terma jamoasining Afrika kubogidagi o‘z maydonidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki bilan bog‘liq. Xavi esa o‘yinni shakllantirish uchun vaqt yetishmasligi sababli 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan terma jamoani qabul qilmasligi mumkin. Shu bilan birga, u 2030 yilgi mundial oldidan jamoa bilan ishlash variantiga ochiq ekani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Valid Regragui 2022 yilda Marokashni tarixda ilk bor Jahon chempionati yarim finaliga olib chiqqan murabbiy hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi Afrika kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z lavozimini tark etishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi