Xavi “Barselona” nega “Rayo Valekano”ga yutqazib qo‘yganini aytdi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi kecha, 24 aprel kuni “Rayo Valekano” bilan “Kamp Nou”da kechgan uchrashuvda (1:0) jamoasiga munosib motivatsiya bera olmagani sababli mag‘lubiyat uchun barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

“Rayo Valekano”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, “Barselona” La liga jadvalida “Real Madrid”ni o‘zidan o‘n besh ochko oldinga o‘tkazib yubordi. Natijada, “los blankos” Ispaniya chempionatining qolgan 5 ta uchrashuvida 1 ochko to‘plasa, navbatdagi chempionlikni rasmiylashtiradi.

2021 yilning 6 noyabrida Xavi rasman “Barselona” bosh murabbiyi bo‘ldi va 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Xavi boshchiligida “ko‘k anorranglilar” barcha musobaqalarda 7 marotaba mag‘lubiyatga uchradi.

Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” barcha musobaqalardagi so‘nggi to‘rtta o‘yinning uchtasida mag‘lub bo‘lgan. Ispaniya chempionatining 33-turi ortda qolganidan so‘ng, “Barselona” 63 ochko to‘pladi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band etib turibdi. “Rayo Valekano” esa 40 ochko bilan turnir jadvalining 11-pog‘onasida bormoqda.  Musobaqada “Real Madrid” 78 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing