Xavi “Barsa”ga ko‘chib o‘tadimi? Sobiq futbolchi javob berdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Qatarning “Al-Sadd” klubi bosh murabbiyi hamda sobiq “Barselona” klubi futbolchisi Xavi o‘zining kelajagi, maqsadlari xususida so‘z yuritdi.

“Qatarda men baxtliman, bu yerda sevimli jamoam bor, do‘stlar orttirdim, yashashim ham yaxshi. Ispaniyaga qaytish haqida ko‘p o‘ylayman, meni u yer bilan bog‘lab turgan jihatlar juda ko‘p: do‘stlarim, yaqinlarim, sevimli va qadrdon klubim. Ha, ularni sog‘indim, yaqin yillar ichida ortga qaytish niyatim yo‘q emas.

“Barselona”? Albatta, menga “Barsa”dan ko‘p bor taklif bo‘lgan. Men xar bir taklifdan so‘ng uzoq vaqt o‘ylab, “yana biroz qolishim kerak”, degan qarorda qolardim. Sababi hali “Barselona”ni boshqarishga loyiq emasman, murabbiylik faoliyatimni boshlaganimga 3 yil ham to‘lmadi. Buning ustiga Qatar futboli boshqacharoq. Shu sabab yana biroz vaqt tajriba to‘plashni maqsad qilganman. Tayyor bo‘lishim bilan men yana qaytaman. Ishonamanki, bu ancha omadli bo‘ladi”, deydi Xavi.

Eslatib o‘tamiz, Xavi 2015 yilda “Barselona”dan “Al-Sadd” safiga borib qo‘shilgan edi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing